E'lonlar
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIGʻINING “QABUL KUNI” O’TKAZILADI
Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilayotgan inson qadrini ulug‘lash, aholini rozi qilish hamda fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash yo‘nalishlaridagi qator tashabbuslar ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshligʻi ishtirokida haftaning har juma kunlari soat 10:00 va 12:00da “Qabul kun”lari tashkil etilmoqda.
Ushbu qabul kunlarning navbatdagisi ham joriy yilning 26-iyun (juma) kuni soat 10:00 da tashkil etilib, Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshligʻi Oʻtkirbek Shukurov ishtirokida tizim vakillari hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanishi rejalashtirilgan.
Qabulda ishtirok etish, mavjud muammo, savol yoki takliflarini bildirmoqchi boʻlgan faol fuqarolarimizni qabul jarayonlarida ishtirok etishga chorlab qolamiz.
DIQQAT, HURMATLI PЕDAGOGLAR!
ADOLATLI DARS TAQSIMOTI - PЕDAGOGNING HAQQI!
Yangi 2026/2027-o‘quv yili oldidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida dars taqsimoti jarayoni boshlanmoqda.
Agar dars soatlarini taqsimlash jarayonida nohaqlik, adolatsizlik yoki qonunchilik talablariga zid holatlarga duch kelsangiz, o‘z huquq va manfaatlaringizni himoya qilish maqsadida murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaat uchun telefon: +998 97 071 30 09
Murojaatlar Andijon viloyati bo‘yicha biriktirilgan mas’ul xodim tomonidan qabul qilinadi.
Murojaat yo‘llashda quyidagi ma’lumotlarni aniq ko‘rsatishingiz so‘raladi:
hudud nomi;
ta’lim muassasasi nomi;
yuzaga kelgan holat;
muammoning mazmun-mohiyati va aniq dalillar.
Adolatli va shaffof dars taqsimoti - sifatli ta’limning muhim sharti!
Har bir pedagogning mehnati, kasbiy salohiyati va huquqlari hurmat qilinishi shart.
Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati
Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads
