OAV biz haqimizda
Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimi tasarrufidagi ta’lim muassasa va tashkilotlari faoliyatini yoritish maqsadida Boshqarma matbuot xizmati tomonidan quyidagilar amalga oshirildi.
Joriy 2024-yil boshida tasdiqlangan ish rejaga ko‘ra birinchi yarim yillik davomida matbuot xizmati tomonidan jami 68 banddan iborat vazifa va tashabbuslar amalga oshirilishi zarurligi belgilangan bo‘lib, mazkur belgilangan vazifalar asosida keng yoritish ishlari tashkil etildi.
Jumladan,
Boshqarma matbuot xizmati tomonidan birinchi yarim yillikda jami 113 ta videoroliklar tayyorlanib, tezkor tarzda boshqarmaning rasmiy sahifalari orqali keng yoritildi.
Tizim faoliyatida amalga oshirilayotgan ishlarni teleradiokanallar orqali omma ixtiyoriga havola etish yo‘nalishida jami 244 ta videolavhalar tayyorlanib, ulardan 15 ta videolavha “O‘zbekiston 24”, 11 ta “Zo‘r TV”, 8 tadan “Milliy TV” hamda “Mening Yurtim” telekanallari orqali efirga uzatilgan bo‘lsa, 200 dan ortiq videolavhalarni Andijon Teleradiokompaniyasi orqali yoritishga erishildi.
Bosma hamda internet nashrlar yo‘nalishida O‘zbekiston milliy axborot agentligining hududiy bo‘linmasi bilan faol hamkorlik natijasida tizim faoliyatiga doir 20 ta maqola Uza.uz internet nashrlarida e’lon qilindi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi keng jamoatchilik fikri hamda tanqidiy materiallarini o‘rganish yo‘nalishida rasmiy axborot tarqatish tizimlari orqali e’lon qilingan jami 16 ta tanqidiy materiallar atroflicha o‘rganilib, o‘z vaqtida Munosabatlar berildi.
Andijon viloyati AOKA boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan media-rejaga ko‘ra 16 ta matbuot-anjumani, ochiq-muloqot va press-turlar tashkil etildi.
Qolaversa, Boshqarma matbuot xizmati tomonidan Xalqaro til bilish sertifikati ega, muddatdan oldin oliy ta’lim muassasalariga kirgan o‘quvchilar hayotiga bag’ishlangan “Andijon farzandlari” videorukni hamda uzoq yillar ta’lim soxasida mehnat qilib ulkan yutuqlarga erishgan ustozlar hayotiga oid “Bizning shunday ustozlarimiz bor” ruknlari suratga olinib, doimiy ravishda boshqarmaning rasmiy sahifalarida e’lon qilib borilmoqda.
Hozirda boshqarmaning Telegram, Facebook hamda www.andijon.uzedu.uz saytlarida faoliyati keng yoritilib, kelgusi yarim yillikda YouTube platformasidagi yoritish ishlarini qayta tiklash rejalashtirilmoqda.