HISOBOT
Umumiy ma’lumot:
Tizim tashkilotlar soni 5 134 ta.
Bular, 828 ta maktab (763 ta umumta’lim, 46 ta nodavlat maktab, 17 ta ixtisoslashtirilgan, 1 ta Prezident, 1 ta Ijod), 4 288 ta bog‘cha (553 ta davlat, 16 ta xususiy, 240 ta DXSh, 3 474 ta oilaviy, 5 ta IRM), 17 ta “Kelajak” markazi va 1 ta pedagogik mahorat markazi.
II. Amalga oshirilgan ishlar:
- Hududdagi 276 802 nafar (90 foizi) bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olindi.
Bunda, 570 ta bog‘chalar (5 ta davlat va 565 ta nodavlat) tashkil qilinib, 45 986 nafar bolalar qo‘shimcha qamrab olindi.
Ma’lumot uchun: 2023 yilda 81,4 foizni tashkil qilgan. - Nodavlat sektor ulushini 45,9 foizga yetkazildi.
Ma’lumot uchun: 2023 yilda 40,2 foizni tashkil etgan. - Viloyatdagi 71 762 nafar 6 yoshli bolalar to‘liq (103 foiz) maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan qamrab olindi.
Ma’lumot uchun: 2023 yilda 93,2 foizni (62 359 nafar) tashkil etgan. - Viloyatda 5 ta “Ilk rivojlanish markazi” tashkil etilib, ularga 416 nafar bolalar qamrab olindi.
Ma’lumot uchun: Andijon, Izboskan, Oltinko‘l, Asaka va Shahrixon tumanlarida bittadan IRMlar faoliyat yo‘lga qo‘yildi. - “Metodik mahorat kuni” tadbirlari 11 ming nafardan ziyod pedagoglar uzluksiz malakalarini oshirildi.
Ma’lumot uchun: “Metodik mahorat kun”lari har oyning 1- va 3-seshanba kunlari 25 ta tayanch bog‘chalarda tashkil etib borilmoqda. - Maktablarda oliy ma’lumotli kadrlar ulushi 97,3 foizga (43 606 nafar) yetkazildi.
Ma’lumot uchun: 2023 yilda maktablardagi oliy ma’lumotli pedagoglar ulushi 96,1 foizni tashkil etgan. - O‘tgan davrga nisbatan oliy toifali pedagoglarning ulushi 3,1 foizga, birinchi toifali pedagoglarning ulushi 2 foizga ortdi.
Pedagoglarning 5 379 nafari (12,0 foiz) oliy toifa, 8 796 nafari (19,6 foiz) I toifa, 11 742 nafari (26,2 foiz) II toifa, 14 492 nafari (32,3 foiz) mutaxassis toifali o‘qituvchilarni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun: 2023 yilda oliy toifali pedagoglar soni 3 835 nafarni, birinchi toifalilar soni 7 834 nafarni, ikkinchi toifali pedagoglar soni 10 600 nafarni tashkil etgan. - Maktablarga 9 ming 212 nafar yoki umumiy pedagoglarning 20 foizi erkak o‘qituvchilar jalb qilindi. Marhamat tumanidagi 10-sonli maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Bo‘riev Rashidjon hamda biologiya fani o‘qituvchisi Sheraliyev Omadjonlarga Andijon shahri markazidan 2 xonali kvartira sovg‘a qilindi.
Ma’lumot uchun: bundan 8 yil oldin 7,4 foizni yoki 3 335 nafarini erkak o‘qituvchilar tashkil etgan. - 2023–2025 yillar davomida 162 ta obyektlarda (113 ta maktab va 49 ta bog‘cha) jami 1 trln 126,3 mlrd so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Ma’lumot uchun: shundan 3 ta maktab va 2 ta bog‘cha yangi qurilgan, 101 ta maktab va 41 ta bog‘cha rekonstruksiya, 9 ta maktab va 6 ta bog‘cha mukammal ta’mirlangan. Shuningdek, 2025 yil Investitsiya dasturi doirasida 30 ta ta’lim obyektlarida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. - 2025 yilda maktab bitiruvchilarining 52,3 foizi OTMlarga o‘qishga kirdi.
Ma’lumot uchun: 2023 yilda bu ko‘rsatkich 31,4 foizni tashkil etgan. - Bitiruvchilarning o‘rtacha bali 77,1 ballni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun: 2023 yilda 72,8 ballni tashkil qilgan. - 2025/2026 o‘quv yilida 11 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 250 ta tayanch maktablarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy ta’lim soati” tadbirlarida 36 065 nafar o‘qituvchilar jalb etildi.
- 1 000 dollardan ziyod oylik maosh oladigan o‘qituvchilar soni 1 275 nafarga yetib, 2023 yilga nisbatan 1,3 barobarga ortgan.
Ma’lumot uchun: 2023 yilda 301 nafar bo‘lgan. - 2025/2026 o‘quv yilida 209 ta maktablarda yangi baholash tizimi (joriy o‘quv yilida 121 ta qo‘shildi) joriy qilingan.
Qolaversa, 14 ta maktab rahbarlari va o‘qituvchilari 10 foizdan 40 foizgacha oylik ish haqiga qo‘shimcha tarzda ustamalarga ega bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: 2023/2024 o‘quv yilida 32 ta, 2024/2025 o‘quv yilida 88 ta maktablarda joriy qilingan. - Bugungi kunga til sertifikati mavjud o‘qituvchilar ulushi 59,0 foizga yetkazilib, yil boshiga nisbatan 1,6 barobarga oshdi (yil boshida 42,6 foiz bo‘lgan).
Ma’lumot uchun: 2023 yilda 23,7 foizni (1 084 nafar), 2024 yilda 42,6 foizni (1 894 nafar) tashkil qilgan. - Joriy o‘quv yilida 118 nafar xorijiy mutaxassislar jalb qilindi.
Ma’lumot uchun: mutaxassislarning 44 nafari Filippin, 8 nafari Rossiya, 18 nafari Xitoy, 21 nafari Hindiston, 9 nafari Janubiy Afrika, 8 nafari Misr, 10 nafari Turkiya davlatidan kelgan. - Andijon shahridagi 13-maktab jamoasi “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” ko‘rik tanlovida viloyatda g‘olib bo‘ldi.
Ma’lumot uchun: g‘oliblar joriy yilning 3–10 oktabr kunlari Buyuk Britaniya davlatiga ta’lim sayohatiga yuborildi. - Viloyatdagi 30 ta maktablarda “Ikkinchi xorijiy tilga o‘qitish” amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Ma’lumot uchun: maktablarning 816 nafar 10-sinf o‘quvchilari hozirgi kunda ikkinchi xorijiy til sifatida ingliz, nemis, fransuz va koreys tillari bo‘yicha o‘qitilmoqda. - 2025 yilda 147 ta maktablarda tashkil qilingan 314 ta inklyuziv sinflarga 378 nafar alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilar qabul qilindi.
Ma’lumot uchun: 2024 yilda 38 ta maktablarda tashkil qilingan 52 ta inklyuziv sinflarga 76 nafar o‘quvchilar bo‘lgan. - 2025/2026 o‘quv yilida 24 ta maktablarda 1950 nafar o‘quvchilar uchun kasb-hunarga o‘qitish amaliyoti joriy qilindi.
Bunda, bu yildan boshlab 8 ta maktablarda kasb-hunarga o‘qitish birinchi marta joriy qilingan.
Ma’lumot uchun: 2024/2025 o‘quv yilida 16 ta maktablarda joriy qilingan. Maktablarda 9 ta turdagi (yakka tartibda poyabzal tikish, tikuvchilik, duradgorlik, asalarichilik, santexnik, mebel yig‘uvchi va ta’mirlovchi, chilangar-tunukachi, kulolchilik, payvandchilik) kasblar mavjud. - 2025 yilda 763 ta maktabda FACE-ID uskunasi o‘rnatilib, davomatni shaffof aniqlash bo‘yicha tizim yaratildi. Natijada o‘quvchilarning darslarda qatnashish davomati 92 foizdan 97 foizga yaxshilanishiga erishildi.
Ma’lumot uchun: 2024 yilda 12 ta maktablarda FACE-ID uskunasi mavjud edi. - “Andijon viloyati hokimi sovrini-2025” olimpiadasi tashkil qilinib, 15 138 nafar 5–11 sinf o‘quvchilari ishtirok etdi. Tanlov yakuni bo‘yicha sinflar kesimida Ingliz tilidan 21 nafar, Nemis tilidan 21 nafar, Fransuz tilidan 21 nafar o‘quvchilar taqdirlandi.
IV. 2026 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar:
- 2026 yilda Investitsiya dasturi doirasida jami 39 ta maktab va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (2 ta yangi qurilish, 32 ta rekonstruksiya, 5 ta mukammal ta’mirlash) qurilish-ta’mirlash ishlari uchun 364,3 mlrd so‘m ajratildi.
Ma’lumot uchun: 11 128 nafar o‘quvchi o‘rni yaratilishi, 3 ta sport zali qurilishi va 8 433 o‘rinli binolar mukammal ta’mirlanishi rejalashtirilgan. - Yangi baholash tizimida faoliyat olib borayotgan maktablar sonini 62 foizga oshirib, 309 taga yetkaziladi.
- Yil yakuniga qadar oliy, birinchi va ikkinchi toifali o‘qituvchilar ulushini 60 foizga (26 885 nafar) oshiriladi.
- 2025/2026 o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan bitiruvchilarning OTMlarga o‘qishga kirish ko‘rsatkichi 61 foizga, o‘rtacha ball ko‘rsatkichi esa 80 ballga yetkaziladi.
- “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan 4 936 nafar oila farzandlari qiziqishlariga ko‘ra ixtiyoriylik asosida qo‘shimcha ta’limga (to‘garak) jalb qilinadi.
- 36 foiz 9-sinf bitiruvchilari qiziqishlariga ko‘ra texnikumlarga yo‘naltiriladi.
- 257 ta maktablarda inklyuziv sinflar tashkil etilib, ularga 747 nafar nogironligi mavjud o‘quvchilar jalb etiladi.
- Maktab va bog‘cha pedagoglarini kiberxavfsizlik, kiberhujumlardan himoyalanish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha malakasi oshiriladi.
- Xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladigan pedagog xodimlar soni 80 nafarga yetkaziladi.
- Barcha maktablarda internet tezligi 100 Mbit/s va undan yuqoriga, bog‘chalarda esa hozirgidan 4 barobarga 40 Mbit/sga oshiriladi. Bunda 1500 dan ortiq yangi kompyuter va planshetlar tarqatiladi.
- 1000 AQSh dollaridan ziyod oylik maosh olayotgan o‘qituvchilar soni 3 400 nafarga yetkaziladi.
- 2026 yilda maktablarga 138 nafar xorijiy mutaxassislar olib kelinadi.
- Viloyatdagi 6 ta hududda “Ilk rivojlanish markazi” tashkil etilib, ularga 1 200 nafar bolalar qamrab olinadi.
Ma’lumot uchun: Andijon shahar, Xonobod shahar, Baliqchi, Paxtaobod, Qo‘rg‘ontepa va Ulug‘nor tumanlarida bittadan IRMlar faoliyat yo‘lga qo‘yiladi.
