Tahliliy ma'lumotlar

.

MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI TIZIMI

1. Maktabgacha taʼlim boʻyicha:

Viloyatda 4 288 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlib, shundan 553 ta davlat, 16 ta xususiy, 240 ta DXSH 3 474 ta oilaviy, 5 ta Ilk rivojlanish markazlari faoliyat olib bormoqda.

2016 yilda viloyatdagi bogʻchalar soni atigi 454 ta boʻlib, 3-7 yoshli bolalar qamrovi 24,6 foizni tashkil etgan.

Oʻtgan 10 yil davomida 102 ta davlat hamda 3 727 ta nodavlat bogʻchalar tashkil etilishi hisobiga 143 mingta yangi oʻrin yaratildi. Natijada, maktabgacha taʼlimga qamrov darajasi 90 foizni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga, 2016-2026 yillarda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oliy maʼlumotli pedagoglar ulushi 12,1 foizdan 48,5 foizga yaxshilandi (2016-yil 1 335 nafar, 2026-yil 9 132 nafar).

 

II. Maktab taʼlimi boʻyicha:

1. Maktablarning moddiy–texnik bazasini yaxshilash maqsadida
2016-2025 yillarda 23 ta yangi maktablar qurildi, 191 tasi rekonstruksiya hamda 127 tasi mukammal taʼmirlanishi natijasida 54,4 ming ta yangi oʻquvchi oʻrni yaratildi.

Faoliyati tugatilgan 32 ta kasb-hunar kollejlarining binosi, shundan 15 tasi yangi maktab, 17 tasi koeffitsiyenti 2 dan yuqori boʻlgan maktablarga qoʻshimcha bino sifatida maktablarga berildi.

Shuningdek, mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan barcha taʼlim tashkilotlari zamonaviy oʻquv jihozlari, musiqa asboblari, sport anjomlari, planshetlar, kompyuter texnikalari va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlandi.

Bundan tashqari, “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida 602 ta maktab va 15 ta bogʻchalarda qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi.

2. Bugungi kunda, 46 ta xususiy maktablar faoliyat olib bormoqda. Ularda 17 ming nafar oʻquvchilarga 1,5 ming nafar pedagoglar taʼlim bermoqda. Xususiy maktablar 2017-yilda atigi 1 tani tashkil etganligini ham aytish joiz.

3. Oʻtgan 2025-yilda oʻtkazilgan pedagoglar attestatsiyasida 23 ming nafar pedagoglar ishtirok etib, shundan 8,2 ming nafari ijobiy natija koʻrsatib, toifali oʻqituvchilar ulushi 59 foizga yetdi (2016-yilda 38 foiz).

Pedagoglarga yaratib berilgan imkoniyatlar natijasida hozirda oʻqituvchining oylik ish haqqi 3,0 barobar oshdi.

Xususan, hozirda 3,3 ming nafar oʻqituvchilarimiz 1 000 AQSH dollaridan ziyod maosh olib kelmoqda (2016 yilda birorta ham oʻqituvchilar  1000 AQSH dollaridan ziyod maosh olmagan).

Qolaversa, pedagoglarga berilgan imtiyozlar natijasida oʻtgan 10 yil davomida 18 nafar oʻqituvchilar kvartira bilan ragʻbatlantirilgan boʻlsa, 540 nafari imtiyozli kredit asosida avtomobil olish imkoniga ega boʻldilar.

Til sertifikati mavjud oʻqituvchilar ulushi esa 2016 yilga nisbatan foizdan 66 foizga (365 nafardan 2 674 nafarga) ortdi.

Shuningdek, 2016 yilda birorta xorijiy mutaxassis maktablarga jalb etilmagan boʻlsa, hozirda 102 nafar xorijlik mutaxassislar maktablarda xorijiy til, tabiiy va aniq fanlar boʻyicha taʼlim bermoqda.

4. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida viloyatda 1 ta Prezident, 1 ta ijod hamda 17 ta ixtisoslashgan maktablar tashkil qilindi.

2024-yilda 88 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etilgan boʻlsa, joriy yilda ularning soni 209 taga yetdi.

Ushbu maktabdagi oʻquvchilarda taʼlim sifati sezilarli ijobiy oʻzgarish kuzatildi, davomat yaxshilandi, mantiqiy va tanqidiy fikrlashi rivojlandi, taʼlimga boʻlgan qiziqishlari yanada ortdi.

Qolaversa, 14 ta maktab rahbarlari va oʻqituvchilari 10 foizdan
40 foizgacha
oylik ish haqlariga qoʻshimcha tarzda ustamalarga ega boʻldi.

5. 2016-yilda maktab bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichi atigi 9,3 foizni tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda mazkur koʻrsatkich 52,3 foizga yaxshilanib, bitiruvchilarning oʻrtacha kirish balli viloyat boʻyicha 77,1 ballni tashkil etmoqda.

6. Bugungi kunda viloyatdagi 147 ta maktablarda inklyuziv sinflar tashkil etilib, ularda nogiron oʻquvchilar uchun “Toʻsiqsiz muhit” yaratilib, ularda 426 nafar nogironligi boʻlgan oʻquvchilar taʼlim olmoqda. 2016-yilda birorta maktabda inklyuziv sinf mavjud boʻlmagan.

7. 2016-yilda xavfsiz muhitni yaratish maqsadida viloyat boʻyicha faqatgina 14 ta maktabda Face ID turniket qurilmasi oʻrnatilgan edi. Oʻtgan 10 yil davomida barcha  maktablarga Face ID turniket qurilmasi va PTZ kameralari oʻrnatilib, viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasida oʻquvchi va xodimlarni davomatini doimiy tahlil qilib boruvchi “situatsion markaz” tashkil etildi.

2025-2026 oʻquv yilida viloyatda 16 ta “Jasorat maktabi” tashkil etilib, ularga 416 nafar 5-sinf oʻquvchilari oʻqishga qabul qilindi.

8. Viloyatdagi 57 ming nafar 9-sinf maktab bitiruvchilari va ularning ota-onalari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma va suhbatlar natijasida yoshlarimizni 3 toifaga ajratib olindi.

1-toifa – 10-sinfda oʻqishni davom ettirish istagini bildirganlar 32 ming nafar (57%);

2-toifa – akademik litseylariga oʻqishga kirish istagini bildirganlar 2 ming nafar (4%);

3-toifa – kasb-hunar texnikumlarida oʻqish istagini bildirgan 22 ming nafar (39%).

Ayniqsa bitiruvchilarning 3,8 ming nafari AyTi, 3,2 ming nafari elektr avtomexanik, 1,5 nafari logistika, 1,1 ming nafari mobiolograf kabi zamonaviy kasblarni oʻrganish istagini bildirmoqda.

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb