Новости
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRI O'RINBOSARINING “SAYYOR QABULI” VA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUVI O’TKAZILDI
4 июнь 2026 год
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRI O'RINBOSARINING “SAYYOR QABULI” VA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHUVI O’TKAZILDI
Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilayotgan inson qadrini ulug‘lash, aholini rozi qilish hamda fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash yo‘nalishlaridagi qator tashabbuslar ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda “Qabul kun”lari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 4-iyun kuni Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari A.Turdiyev ishtirokida qabul jarayonlari o‘tkazilib, unda tizim vakillari, tadbirkorlar hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglandi.

Sayyor qabul davomida boshqarma boshlig‘i tomonidan jami 13 ta murojaatlar tinglanib, mazkur murojaatlardan 3 tasi ijobiy hal etildi, 9 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan bo'lsa 1 ta murojaatlar muddat talab etiladigan masala ekanligi bois tegishli ma’sullar biriktirilgan holda murojaatlar nazoratga olindi.