Новости
VAZIR OʻRINBOSARI ANDIJONDAGI TA'LIM MUASSASALARIDA BOʻLDI
3 июнь 2026 год
Xabaringiz bor, yoshlar oʻrtasida salbiy holatlarni oldini olish, xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarlikni barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish maqsadida Respublika ishchi guruhi Andijonda boʻlib turipti.
Joriy yilning 3-iyun kuni Ishchi guruh a'zosi, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri oʻrinbosari A.Turdiyev ham Andijonda boʻlib, yoz mavsumida oʻquvchi-yoshlar bilan ishlash boʻyicha qilingan rejalar bilan tanishmoqda.
Xususan, bugun vazir oʻrinbosari Xoʻjaobod tumanidagi 33-umumta'lim maktabida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati bilan yaqindan tanishib, oʻquvchi-yoshlar bilan muloqotda boʻldi.
Ta'lim muassasalar bilan tanishish davom etmoqda...