Andijon viloyati ta’lim tizimida xalqaro standartlar va zamonaviy metodikalarni integratsiyasi qilish uchun xorijiy mutaxassislar olib kelindi

12 март 2026 год
image

Andijon viloyati ta’lim tizimida xalqaro standartlar va zamonaviy metodikalarni integratsiyasi qilish uchun xorijiy mutaxassislar olib kelindi

Xabaringiz bor, viloyatimizdagi ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni ommalashtirish, ta’lim mazmunini yangilash va o‘qitish sifatini oshirish yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur tajriba asosida 18 nafar xitoy tili bo'yicha xorijiy til mutaxassislari o‘quvchilarga saboq berish uchun Andijonga yetib keldi. Ular dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv usullar va amaliy mashg‘ulotlardan samarali foydalanishni rejalashtirgan. Bu esa yoshlarning til o‘rganishga qiziqishini oshirib, mustaqil fikrlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Umumta’lim maktablarida yo‘lga qo‘yilgan mazkur tizim xorijiy tillarni puxta va samarali o‘zlashtirishga xizmat qilmoqda. Malakali mutaxassislar ishtiroki dars sifati, natijadorlik va o‘quv jarayonining samaradorligini sezilarli darajada oshirmoqda.

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb