“TURON” TEATR MAKTABI RESPUBLIKA TANLOVINING ANDIJON VILOYATI BOSQICHI O’TKAZILDI

1 апрель 2026 год
image

“TURON” TEATR MAKTABI RESPUBLIKA TANLOVINING ANDIJON VILOYATI BOSQICHI O’TKAZILDI

Joriy yilning 1-aprel kuni Andijon shahridagi “Musiqali drama teatri”da "Turon" teatr maktabi tanlovi Andijon viloyati bosqichi tashkil etilib, tuman (shahar) bosqichlarida go’liblikni qo’lga kiritgan 16 ta teatr jamoalari 2 shart bo’yicha o’zaro bellashdilar.

Qayd etish joizki viloyatimiz kesimida mazkur tanlovning quyi bosqichlarida jami 11 503 ta teatr jamoalari safida 92 mingdan ziyod o’quvchilar ishtirok etib, o’z ijod namunalarini katta sahnalarda ijro etgan holda muxlislar olqishlariga sazovor bo’ldilar.

Murosasiz o’tgan viloyat bosqichining yakuniy natijalariga Bo’ston tumanining “Andajon” jamoasi 1-o’rinni egallab Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritgan bo’lsa, keyingi o’rinlar Andijon tumanining “Oydin buloq” hamda Baliqchi tumanining “Ajdodlarim me’rosi” jamoalariga nasib etdi.
 

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb