Новости
Yoshlar kun
2 апрель 2026 год
Payshanba - "Yoshlar kuni" munosabati bilan Asaka tumani 52-umumta’lim maktabida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha besh tashabbus yo‘nalishlarini o‘z ichiga qamrab olgan "Besh tashabbus Navro‘z ayomida!" nomli "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi.
Festival-shouga aylanib ketgan mazkur tadbirda o‘quvchilar, ota-onalar, ustozlar, nuroniylar, deputatlar va mahalla faollari faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, palov tayorlash, baxoriy salatlar tanlovi, rasmlar tanlovi, bahor taomlari tanlovi, bilak kuchini sinash va arqon tortish bellashuvi kabi musobaqalar qiziqarli tus oldi.
Bobolar ishtirokidagi "Ertaklar yaxshilikka yetaklar" va "Raqslar guldastasi" tanlovlari barchada katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida tanlov va musobaqalar g‘oliblari aniqlanib, rag‘batlantirildi.