Новости
Andijonda sport musobaqalari boshlandi!
8 апрель 2026 год
Andijon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-22-son Farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli sport tadbirlari start oldi.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, aholini ommaviy sportga jalb qilish hamda jismoniy faollikni oshirish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Unda Andijon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tizimidagi ta’lim muassasalari xodimlari faol ishtirok etmoqda. Musobaqalar “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida o‘tkazilib, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Federatsiyasi kubogi uchun bahslar olib borilmoqda.
Mazkur sport musobaqalariga Andijon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Azizbek Usmonov hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Andijon shahar bo‘linmasi vakillari birgalikda start berdilar.
Ushbu tadbirlar orqali xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, jamoaviylikni mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish ko‘zda tutilgan.