Новости
Andijonda “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yoz davrida sog‘lomlashtirish, sog‘lom ovqatlanish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish” mavzusida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.
16 июнь 2026 год
Andijonda “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yoz davrida sog‘lomlashtirish, sog‘lom ovqatlanish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish” mavzusida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.
Yurtimizda yosh avlodning sog‘lom, bilimli, ma’naviy barkamol kamol topishini ta’minlash, ayniqsa, yoz mavsumida bolajonlarning vaqtini mazmunli va maroqli o‘tkazishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar hamda qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan Shahrixon tumanidagi 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan viloyat seminari ham ana shu yo‘nalishdagi ishlardan biri bo‘ldi.
Boshqarma mutasaddilari, tuman va shahar bo‘limlari mutaxassislari, viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari qatnashgan seminar ishtirokchilari dastlab ta’lim tashkilotida mavzu doirasida olib borilayotgan ishlar va ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdi.
Mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga bolalar ijodkorligini oshirish, yoz mavsumini maroqli o‘tkazishi uchun turli interfaol o‘yinlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda sport musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.