Новости
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG’INING “QABUL KUNI” O’TKAZILDI
26 июнь 2026 год
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG’INING “QABUL KUNI” O’TKAZILDI
Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilayotgan inson qadrini ulug‘lash, aholini rozi qilish hamda fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash yo‘nalishlaridagi qator tashabbuslar ijrosini ta’minlash maqsadida tizim rahbarlari tomonidan “Qabul kun”lari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 26-iyun kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida Boshqarma boshlig‘i U.Shukurov va barcha o'rinbosarlar ishtirokida qabul jarayonlari o‘tkazilib, unda tizim vakillari hamda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglandi.
Sayyor qabul davomida boshqarma boshlig‘i tomonidan jami 21 ta murojaatlar tinglanib, mazkur murojaatlardan 7 tasi ijobiy hal etildi, 9 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan bo'lsa 5 ta murojaatlar muddat talab etiladigan masala ekanligi bois tegishli ma’sullar biriktirilgan holda murojaatlar nazoratga olindi.