ANDIJONDA “MILLIY QADRIYATLAR TARG‘IBOTCHISI” RESPUBLIKA TANLOVINING VILOYAT BOSQICHIGA START BERILDI

14 август 2026 год
image

#Tanlov

ANDIJONDA “MILLIY QADRIYATLAR TARG‘IBOTCHISI” RESPUBLIKA TANLOVINING VILOYAT BOSQICHIGA START BERILDI

Joriy yilning 14-avgust kuni Andijon viloyat Pedagogik Mahorat markazida “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” Respublika tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari G. Omonova ochib berib, ishtirokchilarga tanlovda muvaffaqiyat va omad tiladi.

Tanlov milliy qadriyatlarimizni ta’lim jarayonida keng targ‘ib etish, o‘quvchi-yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy o‘zlik va ajdodlar merosiga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashda faol pedagoglarni aniqlash va rag‘batlantirishga qaratilgan.

Viloyat bosqichida hududlardan saralangan 47 nafar ustoz ishtirok etib, ishtirokchilar o‘zlarining milliy qadriyatlarni targ‘ib etish borasidagi ilg‘or tajriba, tashabbus va amaliy ishlarini taqdim etdi.

Tanlov yakunida eng munosib ishtirokchilar aniqlanib, Respublika bosqichida Andijon viloyati sharafini himoya qiladi.

andijonvmmtb@uzedu.uz
@andijon.mmtb
@and_mmtb
/and_mmtb