Новости
BOSHQARMA BOSHLIGʻI JAHONOBODLIK YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI
20 август 2026 год
#Yoshlar_kuni
BOSHQARMA BOSHLIGʻI JAHONOBODLIK YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI
Xabaringiz bor, yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash ularni katta hayot yo‘lida o’z o’rinlarini topish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, ularni munosib kasb-hunarga ega bo‘lishlari uchun har bir rahbar ma’sul tamoyili asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning 20-avgust kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i U.Shukurov Andijon tumani, Jahonobod mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi bir guruh yoshlar va tumandagi 39-umumta'lim maktabining 11-sinf oʻquvchilari bilan muloqotda bo’ldi.
Suhbatda Boshqarma boshlig’i tomonidan aynan yoshlar muammolarini tizimli hal etish bo’yicha toifalab chiqilib, ularga har tomonlama ko’mak berish maqsadida aynan shu kabi muloqotlar tashkil etilayotganligi alohida ta’kidlanib, yoshlarning taklif va murojaatlari tinglandi.
Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati
Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|