Новости
ANDIJONDA MA'NAVIYATCHILAR UCHUN KO'RGAZMALI SEMINARNING IKKINCHI KUNI BO'LIB O'TDI
21 август 2026 год
ANDIJONDA MA'NAVIYATCHILAR UCHUN KO'RGAZMALI SEMINARNING IKKINCHI KUNI BO'LIB O'TDI
Joriy yilning 21-avgust kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi tizimi tasarrufidagi ta'lim muassasalari ma'naviyatchilari uchun "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha asosiy vazifalar" mavzusida viloyat seminari tashkil etildi.
Seminar avvalida Boshqarma boshlig'i o'rinbosari G.Omonova tomonidan maktablardagi ma'naviy muhitni yaxshilash masalalariga yangi o'quv yilida ikki baravar ma'suliyat bilan yondoshish zarurligi bo'yicha fikrlar bildirildi.
Shuningdek, seminarda 2025-2026-o'quv yilda maktablardagi ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishlarda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, yangi o'quv yili uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi hamda hamkor tuzilmalar tomonidan tegishli yo'nalishlar bo'yicha kerakli tavsiyalar berildi.
Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati
Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|