Новости
BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!
5 сентябрь 2026 год
BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!
Bugun Xonobod shahar Bunyodkor MFY yoshlar yetakchisi hamda 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamkorligida yoshlar o‘rtasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri, uning oldini olish hamda yoshlarni turli zararli illatlardan asrash borasida tushuntirishlar berildi.
Sog‘lom avlod — yorqin kelajak! Giyohvandlikka yo‘l yo‘q!