TA’LIM SIFATINI OSHIRISH BO‘YICHA USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI

7 сентябрь 2026 год
image

Andijon viloyatidagi ta’lim muassasalarida davlat xizmatlarini sifatli tashkil etish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda mas’ul xodimlar javobgarligini kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Shuningdek, 11-sinf bitiruvchilarini oliy ta’limga tayyorlash, repetitsion testlarni muntazam o‘tkazish, o‘quvchilarni milliy va xalqaro sertifikatlarga yo‘naltirish hamda qo‘shimcha mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Bundan tashqari, o‘quvchilar bilimini adolatli baholash, eMaktab tizimida baho va davomat ma’lumotlarini haqqoniy yuritish, oltin va kumush medallarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish ustidan nazorat kuchaytiriladi.

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb