"YOSHLAR KUNI" MUNOSABATI BILAN MMTB BOSHLIG'I KUBOGI UCHUN BOG'ISHAMOLLIK YOSHLAR O'RTASIDA VOLLEYBOL MUSOBAQASI TASHKIL ETILDI

17 сентябрь 2026 год
image

Xabaringiz bor, yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash ularni katta hayot yo‘lida o’z o’rinlarini topish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, ularni munosib kasb-hunarga ega bo‘lishlari uchun har bir rahbar ma’sul tamoyili asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning 17-sentabr kuni MMTB boshqarmasi boshlig’i U.Shukurov Bogʻishamol hududidagi bir guruh yoshlar va shahardagi 57-umumta'lim maktabining 11-sinf oʻquvchilari bilan muloqotda bo’ldi.

Suhbatda Boshqarma boshlig’i tomonidan aynan yoshlar muammolarini tizimli hal etish, ularga har tomonlama ko’mak berish maqsadida aynan shu kabi muloqotlar tashkil etilayotganligi alohida ta’kidlanib, yoshlarning takliflari tinglandi.

Shuningdek, Boshqarma boshligʻi kubogi uchun "Bogʻi Eram" va "Yangi hayot" MFY yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan voleybol musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi.

 

Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb