1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

1 октябрь 2026 год
image

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi barcha o‘qituvchi va murabbiylarni samimiy muborakbod etadi!

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Yosh avlodga puxta bilim va munosib tarbiya berish, ularning iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, Vatanimiz ravnaqiga munosib avlodni voyaga yetkazish yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz hamda sharafli faoliyatingiz tahsinga sazovordir.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va farovonlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb