Новости
BOLALARDA KASBIY KO‘NIKMALAR VA MEHNATSEVARLIKNI SHAKLLANTIRISH: TAJRIBA ALMASHISH JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA
30 сентябрь 2026 год
BOLALARDA KASBIY KO‘NIKMALAR VA MEHNATSEVARLIKNI SHAKLLANTIRISH: TAJRIBA ALMASHISH JARAYONLARI DAVOM ETMOQDA
Xabaringiz bor, Andijon shahar va Andijon tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarda kichik yoshdan boshlab kasbiy ko‘nikmalar va mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan Xitoy tajribasi asosidagi zamonaviy yondashuvlar amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Mazkur tajribalarni hududlarda keng ommalashtirishga qaratilgan amaliy seminarlarning ikkinchi kuni ham davom etdi. Unda viloyatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari Andijon shahri va Andijon tumanidagi bog‘chalarda yaratilgan amaliy muhit va mashg‘ulotlarni bevosita kuzatdi.
Ishtirokchilar bolalarning kulolchilik, tikuvchilik, kashtachilik va pazandachilik yo‘nalishlaridagi mashg‘ulotlari bilan tanishib, ushbu jarayonlar orqali ularda mustaqil harakat qilish, mehnatga qiziqish va dastlabki kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashdi.
Seminar davomida o‘rganilgan ilg‘or yondashuvlarni hududlarning imkoniyat va sharoitlaridan kelib chiqib maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha fikr va tavsiyalar bildirildi.
Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|