Новости
"BOLALARDA MEHNATSEVARLIK VA KASBIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH" MAVZUSIDAGI VILOYAT SEMINARI UCHINCHI KUNI
2 октябрь 2026 год
"BOLALARDA MEHNATSEVARLIK VA KASBIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISH" MAVZUSIDAGI VILOYAT SEMINARI UCHINCHI KUNI
Andijon shahar va Andijon tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni kichik yoshdan mehnatga o‘rgatish, ularda mustaqillik va dastlabki kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha Xitoy tajribasi asosida yo‘lga qo‘yilgan amaliy ishlar hududlar kesimida keng ommalashtirilmoqda.
Bugun ushbu yo‘nalishda tashkil etilgan amaliy seminarlarning uchinchi kuni bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari Andijon shahri va Andijon tumanidagi bog‘chalarda tashkil etilgan mashg‘ulotlarni bevosita kuzatib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Seminar davomida kulolchilik, tikuvchilik, kashtachilik va pazandachilik kabi yo‘nalishlardagi amaliy jarayonlar namoyish etildi. Bolalarda mehnatsevarlik, mustaqil harakat qilish va turli kasblarga qiziqishni bolalikdanoq shakllantirish borasidagi ilg‘or tajribalar o‘zaro almashildi.
Mazkur yondashuvlarni har bir hududning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga keng tatbiq etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|