"21 oktabr - O‘zbek tili bayrami" barchangizga muborak bo‘lsin.

21 октябрь 2026 год
image

Inson uchun o‘z fikru o‘ylarini ifoda etish bo‘yicha berilgan eng buyuk ne’matlardan biri bu tildir. Mustaqil yurtda o‘z ona tilida muloqot qilish esa ikki karra baxtdir.

Bugungi kunda o‘zbek tilida butun jahon bo‘ylab 65 milliondan oshiq insonlar muloqot qilishmoqda.
O‘zbek tili foydalanishi jihatidan yetakchilik qilayotgan 250 ta tillar orasida birinchi 50 talikdan joy olgan.

Dunyoda jami 7000 dan ortiq tillar mavjud bo‘lib, shundan atigi 200 ga yaqini davlat tili maqomini olgan xolos. Ular orasida o‘zbek tilining borligi ham har birimizni g‘ururlantiradi.

Ilm-fan, kasb-hunar o‘rganishimizda, o‘z fikru qarashlarimizni ifoda etishda ko‘makdosh bo‘lib Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbarlarida jarang sochgan "21 oktabr - O‘zbek tili bayrami" barchangizga muborak bo‘lsin.

Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb