Янгиликлар

.

BOSHQARMA BOSHLIGʻI BOGʻISHAMOLLIK YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI

9 июль 2026 йил
image

Xabaringiz bor, yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash ularni katta hayot yo‘lida o’z o’rinlarini topish masalalariga alohida e’tibor qaratilib, ularni munosib kasb-hunarga ega bo‘lishlari uchun har bir rahbar ma’sul tamoyili asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning 9-iyul kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i U.Shukurov Bogʻishamol hududidagi bir guruh ishlash istagidagi yoshlar va maktab bitiruvchilari bilan ko’rishib, ular bilan muloqotda bo’ldi.

Suhbatda Boshqarma boshlig’i tomonidan aynan yoshlar muammolarini tizimli hal etish bo’yicha toifalab chiqilib, ularga har tomonlama ko’mak berish maqsadida aynan shu kabi muloqotlar tashkil etilayotganligi alohida ta’kidlanib, yoshlarning taklif va murojaatlari tinglandi.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb