Янгиликлар

.

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Andijon viloyatidagi ta'lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashib, tizimdagi ustuvor vazifalar yuzasidan muloqot qildi.

16 июль 2026 йил
image

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Andijon viloyatidagi ta'lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashib, tizimdagi ustuvor vazifalar yuzasidan muloqot qildi.


Unda mas‘ullar, viloyatdagi barcha umumta'lim, ixtisoslashgan maktablar va maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

 Yig'ilish davomida xususan:

2026-2027-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlari,
pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va salohiyatini oshirish,
xorijiy tillarni o'qitish va zamonaviy metodikalar,
bolalarni maktabgacha ta'limga qamrab olish,
yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik kabi mavzularda so‘z bordi.

 Shuningdek, hududlar kesimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglanib, mavjud masalalar atroflicha tahlil qilindi. Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb