Янгиликлар
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova boshchiligida Andijon viloyati, Andijon shahridagi 13-maktabda navbatdagi “Sayyor qabul” tashkil etildi.
16 июль 2026 йил
Mazkur ochiq muloqotda viloyatdagi ta’lim muassasalari xodimlari, ota-onalar ishtirok etishdi va o‘z murojaat va takliflarini bildirishdi.
Xususan, “Sayyor qabul” davomida:
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kengaytirish,
nodavlat MMT xodimlarining oylik ish haqlarini o’z vaqtida to’lash,
ta’lim muassasalari xodimlarining kasbiy faoliyati va mehnat munosabatlari kabi yo‘nalishlardagi murojaatlar tinglandi.
Vazir boshchiligida har bir murojaat ko‘rib chiqilib, ularni qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganish va hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.