Янгиликлар

.

ANDIJONDA “KELAJAK UCHUN XORIJIY TIL” LOYIHASI AMALGA OSHIRILADI

20 август 2026 йил
image

Joriy yilning 20-avgust kuni Andijon shahridagi Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda viloyatdagi 250 ta umumta’lim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasini yo‘lga qo‘yish hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Loyiha doirasida 11-sinf o‘quvchilarining til bilish darajasi aniqlanib, natijalar asosida guruhlarga ajratiladi va xorijiy mutaxassislar ishtirokida bepul mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Asosiy maqsad — o‘quvchilarni ingliz tili bo‘yicha B1 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga tayyorlash boʻlgan ushbu tajriba Andijon viloyatidagi 250 ta maktabda ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.

andijonvmmtb@uzedu.uz
@andijon.mmtb
@and_mmtb
/and_mmtb