Янгиликлар

.

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI TIZIMINING BIR GURUH FIDOYI VAKILLARI TAQDIRLANDI

28 август 2026 йил
image

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI TIZIMINING BIR GURUH FIDOYI VAKILLARI TAQDIRLANDI

Yosh avlodga sifatli ta’lim berish va ularni mamlakatimiz taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan munosib kadrlar etib voyaga yetkazish yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh andijonlik ustozlar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” hamda "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

Tadbirda Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i O‘.Shukurov ishtirok etib, mukofotlanganlarni yurtimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami — Mustaqillikning 35 yilligi bilan samimiy tabriklab, bugungi kun pedagogi yurtboshimiz tomonidan ustozlarga bildirilayotgan ishonchni oqlash uchun ham ikki xissa ishlamog‘i lozim ekanligini ta'kidladi.

Shuningdek, mazkur e’tirof soha vakillarini o‘z kasbiga sadoqati, fidokorona mehnati va Vatan taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasining munosib natijasi ekanligi alohida ta’kidlandi.
 

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|

andijonvmmtb@uzedu.uz
@andijon.mmtb
@and_mmtb
/and_mmtb