Янгиликлар
Ijtimoiy tarmoqlarda “Dolzarb 40 kunlik doirasida ishga chaqirishyapti?” mazmunidagi xabarlar yuzasidan MUNOSABAT
7 август 2026 йил
Ijtimoiy tarmoqlarda “Dolzarb 40 kunlik doirasida ishga chaqirishyapti?” mazmunidagi xabarlar yuzasidan
MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim ta’lim muassasalarida pedagog xodimlar ertalabdan turli ishlarga jalb etilayotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan shuni ma’lum qiladiki, boshqarma tomonidan hududiy bo‘linmalar yoki ta’lim muassasalariga pedagoglarni ularning lavozim vazifalariga aloqador bo‘lmagan ishlarga jalb etish bo‘yicha hech qanday topshiriq berilmagan.
Boshqarma pedagog xodimlarni kasbiy faoliyatiga daxldor bo‘lmagan ishlarga majburiy jalb etish holatlariga qat’iy qarshi ekanini bildiradi.
Bunday holatlar vakolatli organlar, jumladan, "Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi" tomonidan aniqlangan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda mas’ul rahbarlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi mumkin.
Aynan pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qilish kabi holatlarga duch kelingan taqdirda Bosh prokuraturaning 1007 yoki ishonch raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz so'raladi.