Янгиликлар
MUNOSABAT''Ijtimoiy tarmoqlarda "Buloqboshi tumani 2-umumta’lim maktabida hashar" sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan''
20 август 2026 йил
Ijtimoiy tarmoqlarda "Buloqboshi tumani 2-umumta’lim maktabida hashar" sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan
MUNOSABAT
Tarmoqlarda tarqalgan xabarlar Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan o‘rganilib, quyidagilar ma’lum qilinadi:
Ta’lim maskanida yangi o‘quv yiliga munosib tayyorlash maqsadida obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, ushbu muassasada mehnat qilayotgan yollanma ishchilar uchun maktab jamoasining bir guruh vakillari tomonidan tushlik tashkil etish taklifi ilgari surilgan.
Tarmoqlarda tarqalgan xabarlardan so‘ng holat tuman bo‘limi ma’sullari tomonidan ushbu "tashabbus" ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa ham ayrim xodimlarga noqulaylik keltirib chiqarishi mumkin ekanligi sababli holat oldi olindi.
Ammo ijtimoiy tarmoqlarda muhokamali vaziyat yuzaga keltirganligi uchun maktab direktori G.M tuman bo‘limi tomonidan ogohlantirilib, tushlik masalalari qurilish-ta’mirlash ishlari olib borayotgan tegishli firma tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Buloqboshi tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi