Янгиликлар

.

ANDIJON SHAHRIDA TALABALARNING KASBIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHGA BAG‘ISHLANGAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

10 сентябрь 2026 йил
image

Yurtimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda munosib o‘rin egallashi va puxta kasb-hunar o‘rganishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada har bir rahbarning mas’uliyatini oshirish, talaba-yoshlarning bilim-salohiyatini amaliyotda ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda joriy yilning 10-sentabr kuni Andijon shahrida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i U. Shukurov hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida 150 nafar talaba-yosh bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda boshqarma boshlig‘i talabalar o‘qish davridayoq nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashi, kelgusi faoliyati uchun zarur kasbiy ko‘nikmalarni egallashi muhimligini ta’kidlanib, oliygoh rektorlari ishtirokida talabalar shahardagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga biriktirildi.

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb