Янгиликлар
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASINING NAVBATDAGI HAY’AT YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
12 сентябрь 2026 йил
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASINING NAVBATDAGI HAY’AT YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 12-sentabr kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining navbatdagi hay’at yig‘ilishi o‘tkazilib, unda tuman va shahar bo‘limlari rahbarlari, ta’lim sifati, ma’naviy muhit hamda iqtisod-moliya yo‘nalishlari mas’ullari, ilg‘or ta’lim muassasalari vakillari va faxriy ustozlar ishtirok etdi.
Boshqarma boshlig‘i U. Shukurov raisligida o‘tgan yig‘ilishda 2025–2026-o‘quv yili yakunlari va "Maqsadli ko‘rsatkich"lar ijrosi, xususan, ta’lim sifatini oshirish hamda bitiruvchilarning oliy ta’limga kirishi bo‘yicha natijalar, mavjud muammo va kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi.
Faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan maktab rahbarlariga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy choralar qo‘llash hamda mehnat shartnomalarini bekor qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati
Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|