Янгиликлар

.

#Andijon_tajribasi TALABALARNI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA BIRIKTIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI Joriy yilning 12-sentyabr kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida boshqarma boshlig‘i U. Shukurov hamda oliy ta’lim muassas

12 сентябрь 2026 йил
image

TALABALARNI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA BIRIKTIRISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

Joriy yilning 12-sentyabr kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida boshqarma boshlig‘i U. Shukurov hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, unda barcha tuman va shaharlar vakillari hamda hududiy studiyalardan 400 nafarga yaqin talaba-yoshlar qatnashdi.

Yig‘ilishda talabalarni davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga biriktirish, nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash hamda o‘qish davridayoq kelgusi faoliyati uchun zarur kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish masalalari viloyat miqyosida muhokama qilindi.

Shuningdek, Boshqarma boshlig'i tomonidan barcha tuman va shaharlar mas’ullari tashabbusning maqsad va vazifalari bilan tanishtirilib, oliygohlar bilan hamkorlikda talabalarni bog'chalarga biriktirish ishlarini yo‘lga qo‘yish hamda ularning amaliy tajriba orttirishi uchun zarur sharoitlar yaratish muhimligi ta’kidlandi.

 

Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb