Янгиликлар
TA'LIM XODIMLARINI O'RTASIDA "KIBERJINOYATCHIILIKNI OLDINI OLISH"GA BAG'ISHLANGAN SEMINAR O'TKAZILDI
26 сентябрь 2026 йил
Xabaringiz bor, yurtboshimizning Andijon viloyatiga tashrifi davomida aholi o'rtasida kiberjinoyatchilikka qarshi immunitetni shakllantirish bo'yicha targ'ibot ishlarini jadallashtirish yuzasidan qator topshiriqlar berildi.
Joriy yilning 26-sentabr kuni Andijon shahridagi 31-umumta'lim maktabida Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan viloyatdagi barcha maktab informatika fani o'qituvchilari va pedagoglar ishtirokida "Kiber-jinoyatchilikni oldini olish" mavzusida viloyat seminari o'tkazildi.
Seminarda IIV akademiyasi boshlig'i polkovnik R.Xatamov va akademiyaning ma'sul xodimlari ishtirok etib, qatnashchilarga kiberjinoyatchilikni kelib chiqish sabablari, uning oqibatlari haqida ma'lumotlar berilib, kiberjinoyatlaridan himoyalanish uchun zaruriy tavsiyalar berib o'tildi.
Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|