Янгиликлар

.

BOLALARDA MEHNATSEVARLIK FAZILATI VA KASBIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

29 сентябрь 2026 йил
image

BOLALARDA MEHNATSEVARLIK FAZILATI VA KASBIY KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

 Xabaringiz bor, Andijon shahar va Andijon tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarda kichik yoshdan boshlab kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni mehnatga o‘rgatish borasida Xitoy tajribasi asosida yangi yondashuvlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

 Bugun mazkur tajribani ommalashtirish maqsadida viloyatimizning turli hududlaridagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ming nafardan ortiq rahbarlari Andijon shahri va Andijon tumanidagi ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan bog‘chalarda bo‘lib, yaratilgan sharoitlar va amaliy mashg‘ulotlar jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

 Jarayonda bolalarga kulolchilik, tikuvchilik, kashtachilik, pazandachilik kabi yo‘nalishlarda boshlang‘ich ko‘nikmalar berish, ularda mehnatsevarlik, mustaqillik va kasblarga qiziqishni shakllantirishga qaratilgan tajribalar o‘rganildi.

Mazkur tajribalarni hududlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga bosqichma-bosqich tatbiq etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb