Янгиликлар
USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN ANDIJONLIK BIR GURUH PEDAGOGLAR TAQDIRLANDI
1 октябрь 2026 йил
USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN ANDIJONLIK BIR GURUH PEDAGOGLAR TAQDIRLANDI
Xabaringiz bor, yurtimizda ustoz qadr-qimmati va sha’nini ulug’lash hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda.
Joriy yilning 30-sentyabr kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasida “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan viloyat ta’lim sohasi rivoji yo‘lida samarali faoliyat olib borgan bir guruh ustoz-pedagoglarni munosib rag'batlantirish maqsadida taqdirlash marosimi o’tkazildi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i U.Shukurov tomonidan viloyatda mehnat qilayotgan minglab ustoz-murabbiylar muborakbod etilib, bugun taqdim etilayotgan “Xalq ta’limi fidoyisi”, “Xalq ta’limi a’lochisi” kabi mukofotlar ustozlarga ikki karra ma’suliyat yuklashi zarurligi alohida ta’kidlandi.
Bayram tadbirlari joylarda davom etmoqda...
Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati
Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|