Янгиликлар

.

MUNOSABAT (Joriy yilning 4-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Jalaquduq tumani 3-maktabida TV olish kerakmi" sarlavhasi ostidagi xabarlar yuzasidan)

5 сентябрь 2026 йил
image

Joriy yilning 4-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Jalaquduq tumani 3-maktabida TV olish kerakmi" sarlavhasi ostidagi xabarlar yuzasidan

MUNOSABAT

Mazkur holat bo'yicha quyidagilar ma'lum qilinadi:

Ishchi guruh tomonidan maktab jamoasi hamda ota-onalar kengashi vakillari bilan suhbatlar o‘tkazilganda maktab ma’muriyati yoki pedagoglar tomonidan o‘quvchilardan televizor xarid qilish yoxud boshqa maqsadlarda pul yig‘ish bo‘yicha hech qanday topshiriq yoki ko‘rsatma berilmagani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, murojaatda qayd etilgan pul mablag‘i bermagan o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlariga kiritmaslik holati ham o‘z tasdig‘ini topmadi.

Maktab jamoasi va ota-onalarga ta’lim muassasasida turli ko‘rinishdagi majburiy pul yig‘imlariga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Jalaquduq tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb