Янгиликлар
MUNOSABAT (Ijtimoiy tarmoqlarda "Andijon shahridagi 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar bilan bog‘liq holatlar" sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan)
20 сентябрь 2026 йил
Ijtimoiy tarmoqlarda "Andijon shahridagi 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar bilan bog‘liq holatlar" sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan
MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi 25-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan tarqalgan murojaat mas’ullar tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida murojaatda qayd etilgan dastlabki holatda tarbiyalanuvchi ehtiyotsizlik oqibatida yiqilib, qo‘lidan shikast olgani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan bolalar xavfsizligini ta’minlashda yetarli nazorat olib bormagan mas’ul xodimlarga tegishli ogohlantirish berildi.
Shuningdek, murojaatda keltirilgan ikkinchi, ya’ni tarbiyalanuvchining temirga urilishi oqibatida boshi jarohatlangani haqidagi holat o‘rganish davomida o‘z tasdig‘ini topmadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati va mas’ul xodimlariga tarbiyalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash, ularni doimiy nazoratda saqlash hamda favqulodda holatlarda belgilangan tartibda tezkor choralar ko‘rish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Andijon shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi