Янгиликлар

.

MUNOSABAT (Ijtimoiy tarmoqlarda “Oysha-Johon” nodavlat ta’lim muassasasi rahbarining imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishiga amaliy yordam so‘rab yo‘llagan murojaati yuzasidan)

24 сентябрь 2026 йил
image

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oysha-Johon” nodavlat ta’lim muassasasi rahbarining imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishiga amaliy yordam so‘rab yo‘llagan murojaati yuzasidan

MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur murojaat Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘rganildi.

Murojaatchi tomonidan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida imtiyozli kredit mablag‘larini, jumladan, Islom taraqqiyot banki mablag‘larini ajratishda amaliy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘tarilgan.

Ma’lum qilamizki, tadbirkorlik subyektlariga kredit mablag‘larini ajratish, moliyalashtirish yoki mazkur jarayon bo‘yicha qaror qabul qilish Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining vakolat doirasiga kirmaydi.

Boshqarma tomonidan murojaatchiga mazkur masala yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, moliyalashtirish masalasi vakolatli moliya-kredit tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

andijonvmmtb@uzedu.uz
@Andmmtb
@and_mmtb
/and_mmtb