Янгиликлар
MAKTABGACHA TA’LIMDA YANGI YONDASHUVLAR: ILG‘OR TAJRIBALAR AMALIYOTDA O‘RGANILMOQDA
8 октябрь 2026 йил
MAKTABGACHA TA’LIMDA YANGI YONDASHUVLAR: ILG‘OR TAJRIBALAR AMALIYOTDA O‘RGANILMOQDA
Bolalarni ilk yoshdan mehnatga o‘rgatish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish hamda kundalik hayotda zarur bo‘ladigan amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish maktabgacha ta’lim tizimidagi muhim yo‘nalishlardan biridir.
Shu maqsadda Andijon shahri va Andijon tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Xitoy tajribasi asosida yo‘lga qo‘yilgan mashg‘ulotlar bilan tanishtirishga qaratilgan amaliy seminarlar davom etmoqda.
Navbatdagi seminar davomida viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari bolalarning yosh xususiyatlariga mos tashkil etilgan amaliy faoliyatlar, mashg‘ulotlarni olib borish usullari hamda tarbiyalanuvchilarning ushbu jarayonlardagi ishtirokini o‘rgandilar.
E’tiborlisi, mazkur yondashuvda bolalar tayyor bilimlarni o‘zlashtirish bilan cheklanmay, turli amaliy faoliyatlar orqali mustaqil fikrlash, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashish va mehnat natijasini qadrlashga o‘rganmoqda.
Seminarlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasida tajriba almashish, samarali usullarni ommalashtirish hamda bolalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda.
Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|