Янгиликлар
ASOSIY FAN OLIMPIADASINING TUMAN (SHAHAR) BOSQICHINI TASHKIL ETISH BO‘YICHA O‘QUV-SEMINAR O‘TKAZILDI
14 октябрь 2026 йил
Joriy yilning 15-oktabridan Asosiy fan olimpiadasining II — tuman (shahar) bosqichi boshlanadi. Mazkur bosqichni belgilangan talablar asosida, adolatli va shaffof tashkil etish maqsadida Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Viloyatdagi 16 ta tuman (shahar) bo‘limining olimpiadaga mas’ul xodimlari ishtirok etgan seminarni boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari I. Mirzayev ochib berdi.
Seminarda Respublika fan olimpiadalari markazi mas’ul xodimi F.Obilov tomonidan olimpiadaning tuman (shahar) bosqichini tashkil etish va o‘tkazish jarayonlari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Xususan, belgilangan tartib va baholash mezonlariga rioya etish, jarayonlarning shaffofligini ta’minlash hamda hududiy mas’ullarning vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.