Янгиликлар
ANDIJONDA "JASORAT MAKTAB"LARI O‘QUVCHILARNING TANTANALI VA’DA BERISH MAROSIMI O‘TKAZILDI
15 октябрь 2026 йил
Yurtboshimiz tashabbusi bilan yoshlarda harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularni yurtga sadoqat va sidqidildan xizmat qiluvchi dovyurak yoshlar etib tarbiyalash maqsadida “Jasorat maktablari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Joriy yilning 15-oktabr kuni Andijon viloyatidagi “Vatanparvarlik bog‘i”da viloyatdagi 16 ta jasorat maktablarida tahsil olayotgan 416 nafar o‘quvchilar ishtirokida tantanali va’da berish marosimi o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda viloyat hokimining harbiy masalalar bo'yicha maslahatchisi B.Ashurov so‘z olib, o‘quvchi-yoshlarga kelajakda yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini ta’minlashda hissa qo‘shadigan yetuk kadrlar bo‘lib yetishishlari to‘g‘risida samimiy tilaklar bildirildi.
Va’da berish marosimi yakunida Qurolli kuchlar tuzilmalari tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Telegram|Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|