Янгиликлар
TA’LIM SIFATINI OSHIRISH MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
15 октябрь 2026 йил
Joriy yilning 15-oktabr kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida maktablarda ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kuzgi attestatsiya jarayonlariga tayyorgarligi hamda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Boshqarma boshlig‘i U. Shukurov raisligida o‘tgan yig‘ilishda tuman va shahar MMTB boshliqlari, tegishli mas’ullar, psixologlar hamda umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda pedagoglarning kuzgi attestatsiya jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, asosiy fan olimpiadalarini tizimli va shaffof o'tkazish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, 7–11-sinf o‘quvchilaridan olingan so‘rovnomalar natijalari, ularning ota-onalari bilan tashkil etilgan suhbatlar yakuni tahlil qilinib, o‘quvchilarni qiziqish va qobiliyatlariga mos kasbga yo‘naltirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.