Новости
Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
1 сентябрь 2026 год
#Tabriknoma
#Mustaqillik_35_yil
Aziz hamyurtlar!
Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.
1-sentabr — Vatanimiz tarixida yangi davrni boshlab bergan, xalqimiz taqdiri va milliy davlatchiligimiz tarixida alohida o‘rin tutadigan qutlug‘ sana — istiqlol bayramidir.
Jonajon yurtimizning ertangi kuni bo‘lmish yosh avlodga ta’lim-tarbiya berayotgan minglab ustoz va pedagoglar nomidan ushbu ulug‘ ayyom bilan barchangizni samimiy tabriklaymiz. Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga tinchlik, fayz-u baraka tilaymiz!
Yurtimiz tinch, xalqimiz hamjihat bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi
Telegram | Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|