Янгиликлар

.

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi

1 сентябрь 2026 йил
image

#Tabriknoma
#Mustaqillik_35_yil

Aziz hamyurtlar!

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi jamoasi Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

1-sentabr — Vatanimiz tarixida yangi davrni boshlab bergan, xalqimiz taqdiri va milliy davlatchiligimiz tarixida alohida o‘rin tutadigan qutlug‘ sana — istiqlol bayramidir.

Jonajon yurtimizning ertangi kuni bo‘lmish yosh avlodga ta’lim-tarbiya berayotgan minglab ustoz va pedagoglar nomidan ushbu ulug‘ ayyom bilan barchangizni samimiy tabriklaymiz. Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga tinchlik, fayz-u baraka tilaymiz!

Yurtimiz tinch, xalqimiz hamjihat bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi jamoasi

Telegram | Facebook | Web sayt | Instagram | Youtube | Threads|

andijonvmmtb@uzedu.uz
@andijon.mmtb
@and_mmtb
/and_mmtb