Yangiliklar
PEDAGOG KADRLAR ATTESTATSIYA SINOVLARI APROBATSIYA JARAYONI O’TKAZILDI
29-mart 2024-yilPEDAGOG KADRLAR ATTESTATSIYA SINOVLARI APROBATSIYA JARAYONI O’TKAZILDI
Yurtimizda o‘quvchi-yoshlarni sifatli ta’lim olishlari bilan bir qatorda ularga ta’lim berayotgan ustozlarning bilim malakalarini yaxshilash hamda ularning qadr-qimmatini ulug’lash yuzasidan qator tashabbuslar ilgari surilmoqda.
Xususan, an’anaviy tarzda Vazirlar Mahkamasining 572-son qarori asosida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarining pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur attestatsiya-jarayonlarini tajribadan o’tkazish maqsadida joriy yilning 25-mart kuni Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida pedagoglarga malaka toifalarini berish real vaqt rejimida (onlayn) malaka (test) sinovlarining aprobatsiya jarayoni o‘tkazilib, unda 160 nafar ustozlar ishtirok etdi.
Aprobatsion jarayon boshqarma boshlig’i R.Karimov tomonidan ko’zdan kechirilib, ustozlarga sinov jarayonlari inson omillarisiz, shaffof tarzda o’tkazilishi bo’yicha tushunchalar berildi.