Yangiliklar
Fan olimpiada g‘oliblari aniqlandi
1-may 2024-yilFan olimpiada g‘oliblari aniqlandi
Avval xabar berilganidek, Andijon davlat pedagogika institutida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha ko‘p bosqichli fan olimpiadasi o'tkazildi. Mazkur tanlov 3 bosqichda bo'lib o'tdi. Olimpiadaning oliy ta’lim muassasasi bosqichi 2 turdan iborat bo‘lib, 1-tur yozma ish shaklida o‘tkazildi hamda ishtirokchilarga mazkur turda 4 ta topshiriq berildi va har bir topshiriq javobi maksimal 20 balldan baholandi (jami 80 ball), ushbu tur topshiriqlarini bajarish uchun 2 soat vaqt ajratildi. 2-turda 1 tadan amaliy (laboratoriya) ishi berildi va maksimal 20 ball bilan baholandi. 2-tur topshiriqlarini bajarish uchun 2 soat vaqt ajratildi.
Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko'ra, kimyo fanidan Andijon shahar, 1-son IMI o'quvchisi Abdurashidova Mubina Lochinbek qizi 1-o'rinni, Oltinkoʻl tumani 45-DIMI o'quvchisi Hasanov Ilhomjon Sarvarbek o‘g‘li 2-o'rinni, Jalaquduq tumani 11-maktab o'quvchisi Ravshanova Mohiraxon Raximjon qizi 3-o'rinni egalladi.
Biologiya fanidan Andijon shahar 1-son IMI o'quvchisi Shomirzayev Sanjar Muzaffar o‘g‘li 1-o'rinni, Shahrixon tumani 5-maktab o'quvchisi Murodjonov Abduqodir Elyor o‘g‘li 2-o'rinni, Andijon shahar 42-maktab o'quvchisi Ahmedov Bunyodbek Dilmurodjon o‘g‘li 3-o'rinni qo'lga kiritdi.
Fizika fanidan 1-o'rin Boʻston tumani 21-maktab o'quvchisi Arabboyeva Moxiraxon Murodil qiziga, 2-o'rin esa, Qoʻrgʻontepa tumani IM o'quvchisi Jo‘rayeva Mohlaroy Yodgorbek qiziga, va nihoyat 3-o'rin Shahrixon tumani 24-maktab o'quvchisi Murodaliyev Shaxriyor Zuhriddin o‘g‘liga nasib etdi.
Eslatib o'tamiz, yuqorida ismlari keltirilgan o‘quvchilar Andijon davlat pedagogika institutining mablag‘lari hisobidan imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilinadi.