Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Andijon viloyati, Shahrixon tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 44-IDUMning oliy toifali biologiya fani o‘qituvchisi Dilbaroy G'ulomovaning mehnat faoliyati bilan tanishing:

13-may 2024-yil
image

Andijon viloyati, Shahrixon tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 44-IDUMning oliy toifali biologiya fani o‘qituvchisi Dilbaroy G'ulomovaning mehnat faoliyati bilan tanishing:

✅ 2005-yil 53-umumiy o’rta ta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi sifatida faoliyat boshlagan.
✅ 2014-yildan tumandagi 44-IDUM biologiya fani o'qituvchisi.
✅ 2018-yilda "Eng yaxshi fan o'qituvchisi" ko'rik-tanlovi Respublika bosiqchi 3-o'rin sohibasi
✅ 2019-yilda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni.
✅ 2019-yilda "Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora tadbirlari to'g'risidagi" PQ-4306 sonli qaror talablarini bajargan holda 100 foizlik qo'shimcha ustama sohibasi.
✅ 2021-yilda “El yurt jamg'armasi” 1-stipendanti. 
✅ 2021-yilda Rossiyaning "Gertsen" hamda "Yaroslav Mudriy" nomidagi oliygohlar qo'shma dasturlari tinglovchisi.
✅ 2021-yilda "O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mukofoti" Respublika laureati.
✅ 2022-yilda "Umumta'lim fanini bilish" sertifikati sohibasi.
✅ 2022-2023-yillarda "Vazir ustamasi" asosida 100 foizlik qo'shimcha ustama sohibasi.

⚡️Ilmiy faoliyati:

✅ 2018-yilda “Odam genetikasi va uni o‘rganish usullari”, “Genetika darslarida matematik savodxonlik kompetensiyasini rivojlantirish”, “Oqsil biosintezi va uning bosqichlari” mavzularidagi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari chop etildi.
✅ 2021-yilda “Jins genetikasi” mavzusida o‘tgan mahorat darsi Respublika ta’lim markazi huzuridagi Pedagogika va metodika yo‘nalishi bo‘yicha Ilmiy – metodik kengashi tomonidan Respublika miqyosida ommalashtirilgan.
✅ 2022-yilda “Umumiy o‘rta ta’limning 6-, 7-, 10- sinflari uchun Milliy o‘quv dasturi va o‘quv- metodik majmualarini tajriba- sinovdan o‘tkazish hamda amaliyotga joriy etish” loyihasi Respublika miqyosida ommalashtirilgan.
✅ 2022-yilda Respublikamizning eng ilg'or o‘qituvchilari “TOP-100” ligidan o‘rin egalladi.

✅ G'ulomova Dilbaroy Sadikovnaning ta'lim tizimi rivoji yo'lidagi fidokorona mehnat faoliyatlari uchun Yurtboshimiz tomonidan "Ustozlar va murabbiylar kuni" arafasida "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
 

andijan_vxtb@xtv.uz
@andijonvxtb
@and_vxtb
/andijonvxtb