Yangiliklar
O'QUVCHILARNI YO'L HARAKATI XAVFSIZLIGI QOIDALARIDAN XABARDOR ETISHGA BAG'ISHLANGAN YIG'ILISH BO'LIB O'TDI
23-may 2024-yilO'QUVCHILARNI YO'L HARAKATI XAVFSIZLIGI QOIDALARIDAN XABARDOR ETISHGA BAG'ISHLANGAN YIG'ILISH BO'LIB O'TDI
O'quvchi yoshlarni sifatli ta'lim va tarbiya olishlari bilan bir qatorda ular uchun ta'lim muassasalariga qatnov davomida xavfsiz va qulay muhit yaratish masalalariga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.
Joriy yilning 23-may kuni Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Andijon viloyati Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan yig'ilish aynan mazkur masalalarga bag'ishlandi.
Yig'ilish davomida Boshqarma boshligʻi R.Karimov hamda viloyat IIB Jamoat xavfsizlikni xizmati YHXB boshlig'i oʻrinbosari polkovnik D.Turg'unov va Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari mayor A.Alimovlar tomonidan "Soʻngi qoʻngʻiroq" tadbirlarini xavfsiz oʻtkazish, yozgi ta'tilda o'quvchilarni yo'l harakati qoidalariga rioya etishlari zarurligi yuzasidan xabardor etish va yoʻdagi maktablarda posbon faoliyatini yoʻlga qoʻyish kabi masalalar muhokama etildi.