Yangiliklar
HOKIM VA BITIRUVCHI YoSHLAR UCHRASHUVI!!!
7-iyun 2024-yilHOKIM VA BITIRUVCHI YoSHLAR UCHRASHUVI!!!
Joriy yilning 7-iyun kuni Andijon shahar hokimi Gʻofurjon Abdurahmonov shahrimizdagi 41-umumtaʼlim maktabida mazkur maktab bitiruvchilari va 13, 43, 50-umumtaʼlim maktablarining bitiruvchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ishga joylashtirish, oʻquv kurslarida oʻqish, subsidiya asosida asbob-uskunalar olish, tadbirkorlik bilan shugʻullanish kabi masalalar koʻtarildi.
Yuqoridagi masalalarning ayrimlari joyida, muddat talab qiladiganlari esa mutasaddi tashkilot rahbarlariga biriktirilib, shahar hokimi tomonidan nazoratga olindi.