Yangiliklar
BOSHQARMA HAMDA BIZNES OMBUDSMAN ISHTIROKIDA OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI
13-iyun 2024-yilBOSHQARMA HAMDA BIZNES OMBUDSMAN ISHTIROKIDA OCHIQ MULOQOT TASHKIL ETILDI
Yosh avlodni har tomonlama bilim va barkamol kadrlar etib tayinlashda nodavlat ta’lim muassasalari rolini yanada oshirish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida qator tashabbuslar ilgari surilmoqda.
Xususan, joriy yilning 13-iyun kuni Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Biznes-ombudsmani hamkorligida viloyatimizdagi nodavlat ta’lim muassasalari rahbarlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqotda boshqarma boshlig’i o’rinbosari I.Mirzayev hamda Biznes-ombudsman Andijon viloyati bo‘yicha vakili M.Xoshimovlar tomonidan nodavlat maktabgacha va maktab ta’limi faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan va shug‘ullanish istagini bildirayotgan tadbirkorlarga nodavlat taʼlim xizmatlari ko‘rsatish tartiblari, qonunchilikda ularga berilgan imtiyozlar va yangiliklar xususida kerakli ma’lumotlar berildi.